AsosiyJamiyat

Samarqandda qo`lbola aroq yasab sotgan fuqarolar ushlandi

'Samarqandda qo`lbola aroq yasab sotgan fuqarolar ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Quyi Xo`jasoat mahallasida fuqarolar K.P va G`.M. qo`lbola usulda yasalgan 255 dona "Juravli" va "Filatov" aroqlarni 2.272.500 so`mga sotgan vaqtda ushlandi, deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslarning yashash uyidan aroq mahsulotlari va ularni yasashga mo`ljallangan asbob-uskunalar, yorliqlar topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan K.P va G`.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar