1

O`tgan oyda narxlar necha foizga oshgani ma`lum qilindi

Jamiyat 04.03.2019, 12:41
O`tgan oyda narxlar necha foizga oshgani ma`lum qilindi

2019 yilning fevral oyida mamlakat iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 1,6%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar bermoqda.

Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8%ga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,0%, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,5%ga oshdi. Xizmatlar narxi esa 0,8%ga qimmatlashdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning o`sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot mahsulotlariga tegishli bo`lib, oy davomida narxlar o`rtacha 4,0%ga qimmatlashgan.

Narxlarning qimmatlashishi bo`yicha ikkinchi o`rinni umumiy ovqatlanish muassasalari band etgan. O`tgan ikki oy davomida narxlar ketma-ket 3,0%dan yuqori darajada oshib borgan (yanvarda 3,4%, fevralda 3,3%).

2019 yilning fevral oyida narxlarning o`sishi borasidagi etakchi uchlikning so`nggi pog`onasini sut mahsulotlari egallagan bo`lib, oy davomida narxlar o`rtacha 3,2%ga qimmatlashgan.

Go`sht mahsulotlari orasida kolbasa va dudlangan go`sht narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan bo`lsa, parranda go`shti mahsulotlari esa aksincha, biroz arzonlashgan.

Shakar, choy, qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o`rtacha 1,7%ga ko`tarildi.

Non mahsulotlari guruhidan yorma va dukkakli, makaron mahsulotlari narxlari oy davomida 2,4%, mosh 2,3%, guruch 1,9%, tandir non 0,5%, bug`doy uni 0,4%ga qimmatlashgan.

Tuxum narxlarining arzonlashganligi mamlakatning beshta hududida qayd etilgan (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Samarqand va Farg`ona viloyatlari). Respublika bo`yicha narxlar o`rtacha 0,2%ga arzonlashgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida aloqa vositalari (9,5%), madaniy mollar (5,9%), asosiy turdagi maishiy tovarlar va elektr uskunalar (5,8%), yuvish va tozalash vositalari (5,7%), avtomobillar uchun ehtiyot qismlar (2,9%), oshxona jihozlari (2,2%), maishiy to`qimachilik mahsulotlari (2,1%), kiyim-kechaklar (1,4%) va oyoq kiyim (1,0%) narxlarining qimmatlashganligi qayd etilgan

Oy davomida avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari o`rta hisobda 0,1%ga arzonlashdi. Benzin va metan narxlarning barqaror saqlanishi barobarida propan narxlari 1,0%ga arzonlashdi.

Oy davomida yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxlari o`rtacha 0,2%ga oshgan.

2019 yilning yanvar-fevral oylari davomida dam olish xizmatlari (6,1%), 2018 yilning fevral oyiga nisbatan esa uy-joy kommunal sohasi xizmatlari (24,9%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1