1

Bekobodda 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroni urib o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 04.03.2019, 23:09
Bekobodda 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroni urib o`ldirib qo`ydi

Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi markaziy dehqon bozori oldidagi yo`lakda 16 yoshli yigit 52 yoshli fuqaroning yuziga qo`li bilan urgan.

O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma`lum qilishicha, 2019 yil 3 mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O`zbekiston ko`chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o`tish yo`lagida 16 yoshli yigit o`zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli fuqaroning yuziga qo`li bilan urgan. Jabrlanuvchi esa boshi bilan erga yiqilib, jarohat olgan.

Xabarda aytilishicha, jabrlangan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Hozirda jinoyatchi qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1