1

DXX firibgarlik bilan shug`ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo`ydi

Jinoyat 06.03.2019, 09:42
DXX firibgarlik bilan shug`ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo`ydi

Firibgarlik harakatlari uchun muqaddam sudlangan Jonibek Azimov va Nurali Xudoyberdievning oxirgi ovi baroridan kelmadi. Ular Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur shaxslar o`zlarini go`yoki Davlat xavfsizlik xizmati idoralarida ishlayman deya tanishtirib, sodda odamlarning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini oliy o`quv yurtiga o`qishga kiritish, muddatli harbiy xizmatga yuborish va huquq-tartibot idoralariga ishga joylashtirishni va`da qilib, ulardan pul talab qilib kelishgan.

Lekin tekin non ilinjida yashagan bu kimsalarning keyingi firibi ish bermadi. Bu gal ular yana bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritish evaziga 2 mln. 200 ming so`mni Termiz shahrida olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ma`lum bo`lishicha, J.Azimov va N.Xudoyberdiev ushbu shaxsni ishga joylash bahonasi bilan muqaddam undan 3900 AQSh dollari ham olishgan.

Bundan tashqari, yana bir fuqaroni “Milliy gvardiya”ga ishga kiritishni va`da qilib, undan 3300 AQSh dollari miqdorida pul olishgan.

Shuningdek, boshqa bir fuqaroning farzandini DXX Chegara qo`shinlariga harbiy xizmatga kiritishni va`da qilib, undan 3 ming AQSh dollari va 6 mln. 600 ming so`m olishgan.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davomida Nurali Xudoyberdievning yashash joyi ko`zdan kechirilganda soxta hujjatlar, blankalar hamda harbiy kiyim topildi, deb yozmoqda O`zA.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1