1

Diego Maradona: "Blatter meni ishlagani qo`ymayapti"

Sport 14.11.2014, 09:55
Diego Maradona: "Blatter meni ishlagani qo`ymayapti"

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning aytishicha, FIFA prezidenti Yozef Blatter turli yo`llar bilan uning futboldagi faoliyatidan chetlatmoqchi.

Argentinaterma jamoasining sobiq ustozining so`zlariga qaraganda, Blatter Maradonaga qiziqishi mumkin bo`lgan klublarning prezidentlari bilan suhbatlashadi.

Eslatib o`tamiz, FIFAni tanqid qilgani uchun tashkilot shu yilning yozida bo`lib o`tgan jahon chempionatida Maradonaning uchrashuvlarni VIP-lojalarda kuzatishiga taqiq qo`ygan edi.

"Blatter menga jahon chempionati uchrashuvlarini kuzatishga imkon bermagan edi. Chunki men uning niqobini olib tashlab, ayblarini fosh qilgan edim. Endi esa BAA mamlakatida murabbiylik qila olmayapman. Chunki u klublarning prezidentlariga qo`ng`iroq qilib, men bilan shartnoma tuzmasliklariga ko`ndirmoqda. Menga buni ularning o`zlari aytishgan", - deydi Maradona.

Manba: sport-express.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1