1

Zarafshonda xotinini bo`g`ib o`ldirgan er 10 yilga qamaldi

Jinoyat 06.03.2019, 16:51
Zarafshonda xotinini bo`g`ib o`ldirgan er 10 yilga qamaldi

2019 yilning 26 fevralida jinoyat ishlari bo`yicha Zarafshon shahar sudida turmush o`rtog`ini qasddan o`ldirgan sudlanuvchi I.Olimovga (ism-familiyalar o`zgartirilgan) nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Sudlanuvchi I.Olimov turmush o`rtog`i (marhuma) K.Amirova bilan o`rtalarida 2017 yil 23 avgust kuni, 2018 yil 26 aprel kuni bo`lib o`tgan oilaviy janjallar oqibatida mahalla fuqarolar yig`ini, shahar Xotin-qizlar qo`mitasi va profilaktika inspektori tomonidan bir necha bor muhokama qilinib, ogohlantirilgani va ma`muriy sud tomonidan tegishli jazo choralari qo`llanilganiga qaramasdan, o`rtalarida davom etib kelayotgan janjal, rashk, yaqin qarindoshlarini haqoratlash, oilaviy nizo va boshqa arzimas sabablar tufayli kelishmovchiliklar davom etib kelgan.

I.Olimov 2018 yil 14 noyabr kuni soat 14:30larda Zarafshon shahri, 2-kichik tumanida turmush o`rtog`i K.Amirova bilan mol-mulkni bo`lish, nikohni bekor qilish, aliment va o`zaro bir-birlarining yaqin qarindoshlarini qo`pol so`zlar bilan haqoratlash bilan janjallashgan. Oqibatda I.Olimov mast holatda turmush o`rtog`ini bo`g`ib, qasddan o`ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, marhumaning o`limiga bo`yin a`zolarining qo`l barmoqlari bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.

Sudlanuvchi I.Olimov sudda aybiga iqrorlik bildirib, o`rtalarida uch nafar farzandi borligini, xotini u topib kelgan pullarga qanoat qilmasdan janjal chiqarganligini, u mahalla faollari, ichki ishlar xodimlari va shahar xotin-qizlar qo`mitasidan doimiy ravishda oilasini saqlab qolishga yordam so`raganligini, lekin unga hech kim yordam bermaganligini, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qonuniy engillik berish to`g`risida ko`rsatuv berdi.

Afsuski, sudlanuvchi qancha yalinmasin, endi uning turmush o`rtog`ini hayotga qaytarib bo`lmaydi. Sodir etilgan jinoyat esa jazosiz qolmaydi.

O`zA ma`lum qilishicha, sud sudlanuvchi I.Olimovni qasddan odam o`ldirish jinoyati bilan aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1