AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning bir qator ko`chalarida qatnov cheklanadi

'Bugun poytaxtning bir qator ko`chalarida qatnov cheklanadi'ning rasmi

Toshkent shahar Yo`l harakatini tashkil etish markazi hamda IIBB YHXB tomonidan 7 mart kuni soat 9:00 dan 19:00 ga qadar poytaxtning ayrim ko`chalarida yo`l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan ayrim ko`chalarda qatnov cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, yo`l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari paytida quyidagi ko`chalarda transport harakati qisman cheklanishi mumkin:

  • Islom Karimov ko`chasining Islom Karimov — Amir Temur chorrahasidan Islom Karimov — Sharof Rashidov chorrahasiga qadar bo`lgan qismida;
  • Shahrisabz ko`chasining Shahrisabz — Istiqbol chorrahasidan Shahrisabz — Mustaqillik chorrahasiga qadar bo`lgan qismida.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun poytaxt ma`muriyati aholidan uzr so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar