1

Qo`qonda yo`qolgan Lacetti topildi, egasi qidirilmoqda

Jinoyat 07.03.2019, 14:28
Qo`qonda yo`qolgan Lacetti topildi, egasi qidirilmoqda

6 mart kuni Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida yashovchi Yorqinjon Omonboev IIBga murojaat qilib, shu yil 4 mart kuni birga yashovchi o`g`li 22 yoshli Jasurbek Daminov boshqaruvidagi davlat raqami 40 U 050 QA bo`lgan "Lasetti" avtomashinasida uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo`qon shahar Charxiy ko`chasi 2-uy oldida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasidan texnik soz holda topilgan. J.D.ni qidirib topish choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxs va uning avtomobili haqida ma`lumotga ega bo`lganlardan bu haqda ichki ishlar idoralariga xabar berishlari so`ralgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1