1

Naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib o`tishga urinish fosh etildi

Jinoyat 08.03.2019, 09:02
Naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib o`tishga urinish  fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishi va kirilishiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi.

Jumladan “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari fuqaro M.E.ni xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazishganida, ushbu shaxs shimining cho`ntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan 4100 AQSh dollarini olib o`tayotganligi aniqlandi.

Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari esa “Navoiy” chegara bojxona posti orqali valyuta qimmatliklarini noqonuniy olib chiqib ketilishini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o`tkazishdi.

Tadbir davomida, avvaldan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro Yu.U. 390 ming Rossiya rubli miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni fuqarolar R. D., S.B. va A.A. larni moddiy rag`batlantirish evaziga qo`shni davlatga yashirib olib chiqishga bo`lgan urinishlari oldi olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1