1

1,2 milliard so`mlik matolarga imtiyoz olish uchun tuzilgan qing`ir reja chippakka chiqdi

Jinoyat 09.03.2019, 18:36
1,2 milliard so`mlik matolarga imtiyoz olish uchun tuzilgan qing`ir reja chippakka chiqdi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari “Toshkent-tovar” Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti vakillari bilan hamkorlikda to`lovlardan bo`yin tovlash maqsadida boshqa tovar nomi ostida olib kirilgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

Xususan, xorijdan poytaxtimizdagi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga olib kelingan mahsulotlar saqlanayotgan konteynerlar tekshirilganda, konteynerlarda hujjatda ko`rsatilmagan boshqa turdagi tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Ya`ni konteynerlarda “sintetik kompleks iplardan to`qilgan gazlamalar” mahsuloti o`rniga “sintetik tolali matolar” to`qimachilik mahsulotlari mavjudligi fosh etildi.

Qonunbuzar qiymati 1,2 milliard so`mdan ortiq, 147 474 metr to`qimachilik matolarini boshqa nom ostida yashirish yo`li bilan imtiyozdan foydalanmoqchi bo`lgani fosh etildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1