1

Bojxonachilar Navoiy shahrida narkokurerlarni fosh etishdi

Jinoyat 11.03.2019, 21:26
Bojxonachilar Navoiy shahrida narkokurerlarni  fosh etishdi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida og`ularning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi.

“A” ismli shaxs shartli xaridorga dastlab 60 000 so`m evaziga 0,270 gramm “marixuana” giyohvand moddasini, keyingi safar esa 80 000 so`m evaziga 0,680 gramm“marixuana” giyohvand moddasini sotganligi fosh etildi.

Nafs quli bo`lgan ushbu shaxs bu bilan cheklanib qolmadi. Endi uV. ismli shaxs bilanbirgalikda yanada ko`proq daromad orttirish niyatidashartli xaridorga 600 000 so`m evaziga gugurt qutisiga solingan 1,460 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini sotdi.

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, “A” ning yashash manzilida “tintuv” o`tkazilganda xonadon yotoqxonasidagi shkaf ustida turgan metall idishda qog`oz bo`lagiga o`ralgan 113 dona marixuana giyohvandlik moddasi urug`lariga o`xshash urug`lar, oshxona shkafi ichidagi stakanda ham 3 dona marixuana giyohvandlik moddasi urug`lariga o`xshash urug`lar borligi aniqlandi. Shuningdek, xonadonning oshxonasidagi rakvina tumbochkasi ichida giyohvandlik moddasini iste`mol qilishga mo`ljallangan moslamalar ham borligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so`ng tadbir davom ettirilib, V. Ismli shaxsning xonadonida “tintuv” o`tkazilganida xonadondagi ko`rpacha tagida qog`oz bo`lagiga o`ralgan 0,300 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

O`tkazilgan tadbirlar davomida umumiy og`irligi 2,71 gramm bo`lgan marixuana giyohvandlik moddasi 116 dona marixuana giyohvandlik moddasi urug`lari hamda giyohvandlik moddasini iste`mol qilishga mo`ljallangan moslamalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1