1

“Doud-ota” postida sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga chek qo`yildi

Jinoyat 11.03.2019, 21:32
“Doud-ota” postida sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yashirincha olib kirishga chek qo`yildi

Yurtimizning shimoliy darvozasi hisoblangan “Doud-ota” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga yashirin tarzda olib kirishga urinilayotgan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Jumladan, mazkur post xodimlari tomonidan fuqaro R.M. bojxona nazoratidan yashirin tarzda qiymati 16 million so`mdan ortiq 2 xil turdagi 69 dona biologik aktiv qo`shimchalarni qonunga xilof ravishda yurtimizga olib kirayotgan vaqtida to`xtatib qolingan bo`lsa, fuqarolar K.U. va S.S. lar tomonidan qiymati 16 million so`mdan ortiq bo`lgan 403 dona bosh kiyimlarni yashirincha olib kirishga urinishlari o`z vaqtida fosh qilindi.

Shuningdek, yana bir fuqaro O.A. o`zining “Lada Largus” rusumli avtomobilida yurtimizga kirib kelishida salkam 10 million so`mlik 63 dona yong`in xavfsizligini ta`minlash uskuna qismlarini noqonuniy ravishda olib kirishga uringani aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro T.S. tomonidan qiymati 4 million so`mga teng bo`lgan
20 shishadan iborat “Jack Daniels” nomli viski alkogol mahsulotlarini bojxona nazoratidan yashirishga uringan vaqtida to`xtatib qolingan bo`lsa, fuqaro
A.J. tomonidan qiymati 14 million so`mlik, fuqaro E.D. tomonidan qiymati
8 million so`mdan ziyodroq, R.R. tomonidan qiymati 6 million so`mdan ko`proq,
M.S. tomonidan esa salkam 4 million so`mlik 34 xil turdagi 1282 dona parfyumeriya mahsulotlarining yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirilishining oldi olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1