1

Ko`ylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh bo`ldi

Jinoyat 11.03.2019, 21:36
Ko`ylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh bo`ldi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qimmatbaho metallarni yashirincha olib kirish va chiqishga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, mamlakatimizga piyoda ravishda kirib kelgan fuqaro F.U. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Aniqlanishicha, fuqaro F.U shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda, bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan, og`irligi 34,30 gramm bo`lgan 8 dona ayollar kumush taqinchoqlarini ko`ylagi yoqasining ichiga tikib olgani fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1