1

6 yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh IT-mutaxassisi

Hi-tech 14.11.2014, 16:18
6 yoshli bolakay Microsoft kompaniyasining eng yosh IT-mutaxassisi

Microsoft Certified Professional imtihonini 5 yoshda muvaffaqiyatli topshirgan Ayan Kureshi endigina maktabga boradi. Hind millatiga mansub bo`lgan britaniyalik bu bolakay 3 yoshidan kompyuterga juda qiziqa boshlagan.

Otasi Azim Kureshining ta`kidlashicha, o`g`lining texnikaga bo`lgan qiziqishini ko`rgach, u o`zi bilgan barcha narsalarni unga o`rgata boshlagan. Biroz kattaroq bo`lgach, Ayanning otasi unga alohida kompyuter laboratoriyasi xonasini tashkil qilib berdi. Bolakayning asosiy vaqti ana shu xonada o`tadi. Imtihon natijalari ijobiy chiqqaniga qaramay u 8 yildan so`nggina ushbu kompaniyada ishlashi mumkin bo`ladi.

Microsoft Certified Professional imtihoni universitetni bitirish arafasidagi yoki bitirib qo`liga diplom olgan talabalar orasida o`tkaziladi, ya`ni u kattalar uchun mo`ljallangan. Ayanning ushbu imtihonni 5 yoshidayoq topshira olgani kompaniya vakillari tomonidan yuqori baholangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1