1

Poezd fuqaroni urib ketdi

Jinoyat 12.03.2019, 16:09
Poezd fuqaroni urib ketdi

2019 yilning 11 mart kuni Farg`ona viloyati Buvayda tumani “Buvayda-Pop” temiryo`lining 29-kilometri 3-piketida harakatlanib kelayotgan yuk poezdi Namangan viloyatining Pop tumanida Navbahor mahallasida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan fuqaro M.M.ni urib yubordi. Og`ir tan jarohati olgan yigit hayotdan ko`z yumdi.

– Qo`riqlanadigan temiryo`l kesishmalari, o`tish joylarida poezd, avtomobil va yo`lovchilar harakati tunu kun nazoratda bo`ladi va bunday halokatlarga yo`l qo`yilmaydi, – deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasining transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limi huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori leytenant J.Boltaboev. – Lekin afsuski, mamlakat bo`ylab cho`zilgan temiryo`llarning har qadamida bunday nazorat o`rnatishning imkoni yo`q. Mazkur holatda ham fuqaro temiryo`lning aholi maskani hududidan o`tgan qismida, aynan temiryo`l ustidan yurib ketayotgan bo`lgan. Bu hodisa yuzasidan viloyatning temiryo`l o`tgan bir qator tumanlaridagi mahallalarda, jumladan, To`raqo`rg`on tumanining Oqtosh, Qodirobod, Sohilobod mahalla fuqarolar yig`inlarida tezkor yig`ilishlar o`tkazilib, aholi vakillari bilan voyaga etmaganlar tomonidan temiryo`llarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ehtiyotsizliklar va ularning jismoniy va huquqiy oqibatlari haqida suhbat o`tkazildi.

Yuqoridagi holat yuzasidan esa tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1