AsosiyJinoyat

“Golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi

'“Golland” gullarining noqonuniy olib kirilishi fosh etildi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar hamda tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, qonunbuzarlar tomonidan qing`ir yo`llar bilan foyda olishga bo`lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Ana shunday holatlarning biri “G`ishtko`prik” chegara bojxona postida sodir etildi. Mamlakatimizga o`zining “Lacetti”, “Shevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositalarini boshqarib kirib kelgan fuqarolar I.M. va A.A. larning avtotransport vositalari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, mazkur fuqarolarning yo`lovchi bojxona deklarasiyalarida yozib ko`rsatmasdan hamda og`zaki so`rovda ma`lum qilmasdan, qiymati 43 750 000 so`mlik 875 dona har xil rangdagi Gollandiya atir gullarini respublikamizga olib kirayotgani fosh qilindi.

    Boshqa yangiliklar