Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Argentinaga qarshi o`rtoqlik o`yini oldidan o`z fikrlari bilan bo`lishdi.
“Bu shunchaki o`rtoqlik o`yini. Agar Jahon chempionati o`yini bo`lganida, o`yinga katta ahamiyat qaratsak bo`lardi. Ammo o`rtoqlik o`yinida ko`p narsa hal qilinmaydi. “Oltin to`p”ga keladigan bo`lsak, mendan nima talab qilinishini bilardim. Qo`limdan kelgan barcha ishni qildim.
Jiddiy sovrinlarni qo`lga kiritdim, bir qancha rekordlarni o`rnatdim. Menda imkoniyatlar ko`proq, ammo bu haqida ko`p o`ylamayapman”, - deydi Ronaldu.
Manba: www.sport-express.ru





