1

Bojxonachilar oyoq kiyimiga yashirilgan zargarlik buyumlarini fosh etishdi

Jinoyat 13.03.2019, 08:33
Bojxonachilar oyoq kiyimiga yashirilgan zargarlik buyumlarini fosh etishdi

Ma`lumki yurtimizga fuqarolar o`z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo bu tartiblarni buzgan holda va xar hil yo`llar bilan yashirin tarzda ushbu mahsulotlarni olib kirishga bo`lgan urinishlar hamon uchrab turibdi.

Ana shunday xolatlarning oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi mutasaddi idoralar bilan xamkorlikda olib borilayotgan profilaktik tushuntirishlarga qaramay, qing`ir yo`llar bilan oson foyda topish ilinjida bo`lgan fuqarolarning urinishlariga chek qo`yildi.

Jumladan, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro X.M. holislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan, jami og`irligi 183 gramm bo`lgan oq metalldan yasalgan, qiymati 5 490 000 so`mlik 46 dona uzuk, 48 dona kulon, 6 dona anjir va 1 dona bilaguzuk zargarlik buyumlarini qo`shni davlatdan yashirib olib kelayotgani aniqlandi.

Yana bir xolatda “S.Najimov” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro M.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, u kiyimlari va oyoq kiyimining ichiga yashirilgan, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovdada ma`lum qilinmagan, jami og`irligi 420 gramm bo`lgan, umumiy qiymati 12 600 000 so`mlik 40 juft zirak va yana 63 dona boshqa turdagi zargarlik buyumlarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlari zoe ketdi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1