O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo`lladi, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning yaqinlariga samimiy ta`ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.






