1

San-marinolik futbolchilar 61 ta mag`lubiyatdan so`ng birinchi marta durang natija qayd etdi

Sport 17.11.2014, 09:29
San-marinolik futbolchilar 61 ta mag`lubiyatdan so`ng birinchi marta durang natija qayd etdi

San-Marinoning futbol bo`yicha terma jamoasi Evropa — 2016 chempionati saralash bosqichi doirasida Estoniya bilan bahs olib bordi. Unda durang natija (0:0) qayd etildi va san-marinoliklarning 61 ta mag`lubiyatdan iborat ketma-ketligiga nuqta qo`yildi. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar bermoqda.

Estoniyaliklar bilan o`yinda erishilgan durang natija sharofati bilan  San-Marino fubolchilari 1988 yilda FIFA va UEFAga qo`shilganidan buyon birinchi marta rasmiy uchrashuvlarda ochkoga ega bo`ldi. Ushbu terma jamoa tarixdagi yagona g`alabasini 2004 yilda Lixtenshteyn bilan (1:0) bo`lgan o`yinda qo`lga kiritgan edi.

FIFAning oktyabr oyidagi milliy termalar reytingida San-Marino eng past ko`rsatkich bilan so`nggi o`rinni egallagan. San-marinolik o`yinchilaring ko`pchiligi professional malakaga ega emas va yashash uchun futbol orqali pul topmaydi.

manba: daryo.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1