AsosiyJamiyat

Abdulla Qahhor uy-muzeyida sumalak sayli o`tkazildi

'Abdulla Qahhor uy-muzeyida sumalak sayli o`tkazildi 'ning rasmi

Asrlar osha sayqal topib kelayotgan milliy an`ana va qadriyatlarimizni o`zida mujassamlashtirgan Navro`z umumxalq bayramini keng nishonlash uchun dasturxon atrofida o`zbek adabiyotiga katta hissa qo`shgan yozuvchi, shoir, adiblarimizni xotirlash hamda shu kunda ijod qilayotgan yozuvchilarimiz ijodlaridan bahramand bo`lish maqsadida bayram dasturxoni atrofida “Ko`klam sururida ilhom nafasi” mavzusida adabiy, musiqali, badiiy sumalak sayli tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbirda Muzeylar va kutubxonalarni riojlantirish boshqarmasi boshlig`i Sh.Abdullaeva, vazirlik vakillari, muzey raxbarlari, Abdulla Qahhor maxalla fuqarolar yig`ini raisi Oripova Feruza Yusupovna, “O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi” xodimlari, f.f.n. Atxambek Olimbekov, Ortiqboy Abdullaev, Usmonjon Qosimov, Yakkasaroy tuman “Yunus Rajabiy” mahalla faollari, “Mitti yulduz” nashiryoti direktori yozuvchi Akbar Mirzo, Toshkent Irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti o`qituvchisi Raximboy Jumaniyozov , O`zbekiston Milliy akademik drama teatri faxriy aktyor aktrisalari, O`zbekiston xalq artisti Hasan Rajabiy, Gavxar Zokirova, Ra`no Yarasheva, Dilbar Ismailova, Dono Boboxonovalar shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.


Tadbirda Toshkent shahar Yashnobod tumani 204-umumta`lim maktab o`quvchilari tomonidan musiqali badiiy sahna ko`rinishlari, “Buvijonlar” folklor ansambli, hamda Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi san`atkorlari tomonidan musiqali chiqishlar namoyish etildi.

    Boshqa yangiliklar