AsosiyJamiyat

Navoiyda sayyor o`quv yig`inlari tashkil etildi

'Navoiyda sayyor o`quv yig`inlari tashkil etildi 'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan sayyor o`quv yig`inlari respublikamizning bir qancha hududlarida o`tkazildi. Shu kunlarda navbatdagi mashg`ulotlar Navoiy viloyatida davom etmoqda.

Xodimlarning bilim, kasbiy mahorat va ko`nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan sayyor malaka oshirish o`quv yig`inlari Vazirlikning Navoiy akademik liseyidagi Malaka oshirish Instituti filialida viloyat tuman-shaharlar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma, bo`lim va ichki ishlar bo`limlari boshliqlari va ularning o`rinbosarlari hamda profilaktika inspektorlarini xizmatdan ajratmagan holda o`tkazildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Istiqbolli yosh kadrlar zahirasi”ga olingan xodimlarning boshqaruvga doir bilim va ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha ham o`quv mashg`ulotlari tashkil etildi.

Institutning professor-o`qituvchilari hamda vazirlikning ayrim sohaviy xizmatlaridan jalb qilingan tajribali xodimlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, tergov qilish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi, “Xavfsiz shahar” konsepsiyasini respublikaga tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining viktimologik profilaktik faoliyati, tezkor va profilaktik hisoblar va ularni takomillashtirish, axborot-texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlar va “Internet” tarmog`i orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni tashkillashtirish va bu boradagi muammolarni bartaraf etish, tezkor bo`linmalarning jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy dasturiy ta`minotlardan foydalanish, jamoat xavfsizligini ta`minlash samaradorligini oshirish, shuningdek shaxsiy tarkib bilan ishlash va uni tarbiyalashga yo`naltirilgan faoliyatda innovasion xizmat usullarini qo`llash va boshqa dolzarb yo`nalishlardagi mavzular orqali bilimi va amaliy mahoratlari oshirilmoqda.

An`anaga ko`ra malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari yakunlari bo`yicha xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshiriladi.

    Boshqa yangiliklar