AsosiyDunyo

Qora mushuk kasallik tufayli oq rangga kirdi

'Qora mushuk kasallik tufayli oq rangga kirdi'ning rasmi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg erlaridagi Rauenberg shahrida kam uchraydigan kasallik tufayli qora mushukning rangi oqqa aylandi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Mushukcha tug`ilganda uning faqatgina tumshug`i oq, qolgan joyi qop-qora bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan egasi uning oq rangga kirayotganini sezib qolgan. Bir necha oydan keyin mushukda bir nechta qora dog`larni hisobga olmaganda umuman oq rangga kirgan.

Mutaxassislarning ma`lum qilishicha, uning bunday rangga kirishiga vitiligo kasalligi sabab bo`lgan. Vitiligo kasalligi odamlarning bir foizida uchrasa-da, mazkur kasallik mushuklarda juda kam hollarda uchraydi.

Mushukning rangi o`zgarganiga qaramay, o`zini yaxshi his etmoqda. Uning egasi sevimli jonivorining rasmlarini 15 mingdan ortiq foydalanuvchisi bo`lgan Instagram sahifasiga joylashtirib boradi.

    Boshqa yangiliklar