AsosiyJamiyat

Istambulga olib ketilayotgan marixuana fosh etildi

'Istambulga olib ketilayotgan marixuana fosh etildi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib o`tishga uringan qonunbuzar to`xtatib qolindi.

“Toshkent-Istambul” yo`nalishi bo`yicha uchib ketayotgan fuqaro S.M. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, unga tegishli bo`lgan sumka ichidan bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida aytilmagan 2 dona rangsiz paketchalarda 3 grammga teng och yashil rangli, o`tkir hidga ega bo`lgan quritilgan marixuana giyohvandlik moddasi hamda 2 dona maxsus tamaki moddasini chekish uchun muljallangan apparatlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar