AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi tizimida «Eng yaxshi kutubxona» va «Eng yaxshi kutubxonachi» tanlovlari o`tkaziladi

'Mudofaa vazirligi tizimida «Eng yaxshi kutubxona» va «Eng yaxshi kutubxonachi» tanlovlari o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vazirining buyrug`iga ko`ra, vazirlik tizimidagi harbiy qism va muassasalar kutubxonalari o`rtasida «Yilning eng yaxshi kutubxonasi» hamda «Yilning eng yaxshi kutubxonachisi» ko`rik-tanlovlari o`tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu tanlov harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari va ularning oila-a`zolari o`rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yo`naltirilgan.

Tanlovning vazifasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalar kutubxonaari orasidan eng namunalisini aniqlash, ish tajribalarini ommalashtirish, kutubxonaning harbiy xizmatchilar hayotidagi o`rni va ahamiyati, mutolaa madaniyatini oshirish, kitobxonlikni targ`ib qilishda kutubxonaning mavqeini ko`tarish, kutubxonalar o`rtasida sog`lom raqobta muhitini rivojlantirishdan iborat.

Tanlov Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalar kutubxonalari o`rtasida har yili quyidagi bosqichda tashkil etiladi:

  • birinchi bosqich — harbiy okruglar hududida joylashgan harbiy qism va muassaalar kutubxonalari o`rtasida yilning iyul oyida o`tkaziladi;
  • ikkinchi (final) bosqichi — birinchi bosqich g`oliblari o`rtasida yilning avgust oyida o`tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilarini baholashda kutubxonaning bugungi kun talablariga javob berishi, moddiy-texnik bazasi, uning fondi, yangi adabiyotlar, kitobxonlarning jahon va o`zbek adabiyoti namoyondalarining eng sara asarlarini mutolaa qilish ko`rsatkichlari kabi mezonlar hisobga olinadi.

G`oliblar Mustaqillik kuni arafasida qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.


    Boshqa yangiliklar