AsosiyJamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi: 1 apreldan mobil qurilmalar hisobga olinadi

'Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi:  1 apreldan mobil qurilmalar hisobga olinadi'ning rasmi

Endilikda yurtimizda yangi amaliyot – xalqaro identifikasiya kodlari bo`yicha mobil qurilmalarni hisobga olish tizimi joriy etiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Hisobga olish tizimi joriy yilning 1 aprelidan ishga tushadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish Vazirligining Aloqa tarixi muzeyida “Respublikamiz hududlarida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va mobil qurilmalarni hisobga olish va ro`yxatdan o`tkazish tizimini joriy etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar to`g`risida” o`tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.



xborot Bugungi kunda Bugungi kunda mamlakatimizda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, shuningdek, 16 milliondan ko`proq mobil internet foydalanuvchilari mavjud. Respublikamizdagi mobil aloqa tizimi AKT sohasining barcha yo`nalishlarini rivojlantirishda ulkan ahamiyatga ega. Aynan shuning uchun matbuot anjumanida hududlarda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, aholiga hamda korporativ mijozlarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va infratuzilmalarini modernizasiyalash masalalari muhokama etildi.

Tadbir mamlakatimizning barcha mobil aloqa operatorlari ishtirokida o`tdi. Unda ular o`z mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, yangi xizmatlar va texnologiyalarni joriy etish borasidagi taqdimotlarini o`tkazdilar.


2019 yilda O`zbekiston mobil aloqa operatorlari respublikamizning barcha hududlari bo`ylab 3000 ta yangi baza stansiyalarini o`rnatadi.

Matbuot anjumani doirasida respublikamiz uchun yangi bo`lgan xalqaro o`ziga xos identifikasiya kodlari bo`yicha mobil qurilmalarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli “O`zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, ro`yxatdan o`tkazish tizimini joriy etish taqdimoti o`tkazildi.

Hozirgi paytda GSMA bazasiga 43 mamlakatning 118 ta mobil operatori ulangan. Belgiya, Chili, Kosta-Rika, Kipr, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gana, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Malta, Norvegiya, Portugaliya, JAR, Shvesiya, Buyuk Britaniya, Venesuela shular jumlasidandir. GSMA bilan axborot almashinuvi boshqa mamlakatlar hududida o`g`irlangan yoki yo`qolgan qurilmalarni ishlatishni cheklash imkonini beradi. Ayni paytda, O`zbekiston hududida va aksincha GSMA ga a`zo kompaniyalar tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasining “qora ro`yhati”ga kiritilgan qurilmalarni ishlatishning imkoni bo`lmaydi.

Matbuot anjumanida muhokama qilingan masalalar millionlab abonentlar uchun o`ta muhimligi sababli Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish Vazirligi mutaxassislari jurnalistlarga murojaat qilib, aholini mobil aloqa qurilmalarini hisobga olish va ro`yxatdan o`tkazish tizimining joriy etilayotgani yuzasidan keng xabardor qilishni so`rashdi.

O`z navbatida, Vazirlik 2019 yil mobaynida O`zbekiston mobil aloqa abonentlari uchun noqulaylik tug`ilishining oldini olish va aholi xabardorligini oshirish maqsadida keng tushuntirish ishlarini yo`lga qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar