“Eshitishimizcha, agar sinfda o`quvchilar soni 25 nafardan kam bo`lsa, rus tili va boshqa xorijiy tillar o`qitilmas ekan. Bunday chegaralash qonunan qilinganmi yoki bu o`qituvchilar gap-so`zi xolosmi?”
Nazira Salimova, Surxondaryo viloyati Angor tumani
Ixtiyor MAXMATQULOV, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi mas`ul xodimi:
— Xalq ta`limi vazirining “Umumiy o`rta ta`lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejani tasdiqlash to`g`risida”gi 191-sonli buyrug`ining 1-Ilovasi 20-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o`rta ta`lim to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qaroriga ko`ra, malakali o`qituvchilar etarli bo`lgan quyidagi hollarda sinfdagi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lib o`qitishga ruxsat etiladi:
- o`quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili fani;
- V-XI sinflarda informatika va axborot texnologiyalari, ta`lim tili o`zbek tilida bo`lmagan umumiy o`rta ta`lim muassasalarining II-XI sinflarida o`zbek tili fani;
- ta`lim tili rus tilida bo`lmagan umumiy o`rta ta`lim muassasalarining II-XI sinflarida rus tili;
Ushbu fanning o`qitilishi Respublika ta`lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o`quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.






