AsosiyJamiyat

Xorijda o`qib kelganlar diqqatiga! Endi hammasi osonlashdi!

'Xorijda o`qib kelganlar diqqatiga! Endi hammasi osonlashdi! 'ning rasmi

Xorijdagi oliy ta`lim muassassini tamomlab keldingizmi? Unda, Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to`g`risida”gi nizomga kiritilgan o`zgarishlarga e`tibor qiling.

Unga ko`ra, xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatni tan olish talablari ro`yxatidan ta`lim to`g`risidagi hujjat O`zbekiston Respublikasida amalda mavjud bo`lgan ta`lim shaklida o`qib olingan bo`lishi kerakligi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.

Ya`ni, ilgari xorijda olingan diplom O`zbekistonda mavjud bo`lgan ta`lim shaklida o`qib olingan bo`lishi kerak edi.

Endilikda xuddi shu talab bekor bo`ldi va bemalol istalgan ta`lim shaklida olingan xorijiy diplomlar ham O`zbekistonda tan olinishi mumkin.

Masalan, hozirgi kunda O`zbekistonda masofaviy ta`lim turi nazarda tutilmagan. Lekin ta`limning bu shakli chet davlatlarda anchadan buyon qo`llab kelinadi.

Shu sababli, mazkur o`zgartirish kiritulgunga qadar xorijda masofaviy shaklda ta`lim olganlarning diplomi nostrifikasiya qilish imkoni yo`q edi.

    Boshqa yangiliklar