AsosiyJamiyat

Sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda

'Sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tomonidan navbatdagi malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari Toshkent viloyati IIB bilan hamkorlikda joriy yilning 1-5 aprel kunlari IIV Toshkent 2-son akademik liseyidagi filialda o`tkazilmoqda.

Mazkur malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlarida poytaxt viloyati tuman-shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma, ichki ishlar bo`lim rahbarlari, ularning o`rinbosarlari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, kadrlar zaxirasiga olingan xodimlar bilan o`quv kurslari o`tkazilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ–3919-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, vazirlikning mustaqil ta`lim muassasasi hisoblanadi.

Malaka oshirish instituti o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi, “Ta`lim to`g`risida”gi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi PQ-4075-son Qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirlikning me`yoriy hujjatlari asosida olib boradi.

O`quv jarayoni “Modul tizimi”ga asoslangan bo`lib, innovasion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda tashkil etilmoqda.

O`quv jarayoni vazirlikning tegishli sohaviy xizmatlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan o`quv dasturlari asosida olib bormoqda.

Malaka oshirish o`quv dasturlari xizmat faoliyati bo`yicha kasbiy tayyorgarlik, xizmat faoliyati bo`yicha huquqiy tayyorgarlik, xizmat faoliyatidagi islohot, yangilik va ilg`or tajribalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan xizmat faoliyatida foydalanish bloklaridan iborat.

Malaka oshirish institutida ofiser xodimlarning malakasini oshirish mutaxassislik yo`nalishlari va lavozimlarini inobatga olgan holda tegishli kafedralar tomonidan tashkil etiladi.

Malaka oshirish instituti ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang`ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o`quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirib boradi.

Joylarda o`quv yig`inlarini o`tkazish maqsadida, vazirlikning barcha akademik liseylarida Malaka oshirish institutining filiallari (auditoriyalari) tashkil etildi.


    Boshqa yangiliklar