Bugun Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasida “Oltin qalam" XІV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tashkiliy qo`mita yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Mazkur tanlov O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozisiyalarini namoyon etishlari uchun keng sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish hamda rag`batlantirish maqsadida o`tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, bu yilgi XIV milliy mukofotning tashkiliy qo`mitasi tarkibiga o`zgartirish kiritiladi. Qo`mita tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori kiritildi.






