Bugun Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatriga Qirg`iziston Respublikasi Prezidentining Madaniyat va ma`naviyat bo`yicha Davlat maslahatchisi, Qirg`iziston xalq yozuvchisi Sulton Raev va Qirg`iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri o`rinbosari Qayrat Imomalievlar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda tomonlarning madaniyat sohasidagi o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki tomonlama o`zaro madaniy aloqalarini mustahkamlash masalalari borasida fikrlar almashildi.
Shuningdek, mehmonlar teatrda yaqinda ochilgan muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.






