AsosiyJamiyat

​Rossiyada talabalar tashabbusi bilan O`zbekiston kunlari tashkil etildi

'​Rossiyada talabalar tashabbusi bilan O`zbekiston kunlari tashkil etildi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining tashabbusi bilan Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga akadem mobillik dasturi bo`yicha 10 nafar talaba hamda 3 nafar professor-o`qituvchi yuborilgan edi.

Kuni kecha ular tomonidan Nijniy Novgorodda O`zbekiston madaniyati kunlari va Navro`z bayrami o`tkazildi.

Talabalar tomonidan tashkil etilgan o`zbek milliy hunarmandchilik buyumlari ko`rgazmasi va milliy taomlarga boy bayramona o`zbek dasturxoni ham mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.


    Boshqa yangiliklar