O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 3995-son Qaroriga muvofiqbojxona organlari kadrlarini kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida institut tomonidan etakchi xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, kadrlar tayyorlash, professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovkadan o`tkazish sohasida tajriba almashish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Bojxona institutida ushbu institut bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazio`rtasida o`zaro hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri bo`lib o`tdi.
Tadbirda Bojxona instituti boshlig`i, V.Ergashev, Bojxona ishi fakulteti boshlig`i, bojxona xizmati polkovnigiA.Suyunov va kafedra boshliqlarihamdaDavlat soliq qo`mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazidirektori M.Komilov,Malaka oshirish markazining o`quv ishlari bo`limi boshlig`i F.Vahobov va boshqa xodimlarishtrok etishdi.
Tadbir davomida bojxona va davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning bojxona bojlari, soliqlar va soliqqa tortish hamda huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish va yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o`quv, uslubiy va ilmiy ta`minot sohasida kuchlarni birlashtirish, fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish bo`yicha ta`lim muassasalari o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarni qamrab oluvchi memorandum imzolandi.