1

Shveysariyada futbolchi hakamning yuziga to`p tepgani uchun 50 yilga futboldan chetlatildi

Sport 20.11.2014, 11:50
Shveysariyada futbolchi hakamning yuziga to`p tepgani uchun 50 yilga futboldan chetlatildi

Shveysariyaning «Portugal» klubi yarim himoyachisi 28 yoshli Rikardo Ferreyra 50 yilga diskvalifikasiya qilindi, deya xabar bermoqda Sports.ru. Jazo muddati 2064 yil 5 iyunida tugaydi, o`sha vaqtda Ferreyra 78 yoshda bo`ladi.

To`rtinchi Shveysariya ligasi doirasidagi «Portugal»—«Vorb» o`yinida Ferreyra jamoasi 0:1 hisobida yutqazgach, o`yin so`ngida yarim himoyachi hakamning yuziga qarata to`p tepgan. Arbitr o`yinchiga qizil kartochka ko`rsatib, maydonni tark etayotganida ham Ferreyra uni quvib etib, haqoratlay boshlagan va boshiga butilkadan suv quyib yuborgan.

Shundan so`ng Shveysariya futbol federasiyasi o`yinchini butun umrga futboldan chetlatishga qaror qildi. Biroq futbolchilarning jazolanish muddatini belgilovchi kompyuter dasturiga diskvalifikasiyaning yakunlanish muddati ham kiritilishi zarur bo`lgani tufayli 2064 yil tanlandi, bu vaqtda Ferreyra futbol jamoatchiligiga hech qanday xavf sola olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1