1

«Santyago Bernabeu» stadionining nomi o`zgaradi

Sport 20.11.2014, 11:51
«Santyago Bernabeu» stadionining nomi o`zgaradi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa stadionining nomi amaldagi homiylardan birining nomi bilan atala boshlanishi haqida gapirib o`tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

Arena IPIC Bernabeu deb nomlanishi ehtimolga yaqin. Avvalroq matbuotda klub arablarning IPIC korporasiyasi bilan besh yillik shartnoma imzolagani haqida ma`lumotlar tarqalgandi. Shuningdek, «Real» AQShning Microsoft kompaniyasi bilan ham yirik hajmdagi kelishuvga erishgan.

«Biz stadionimizning nomini IPIC Bernabeu deb nomlashni ko`zlab turibmiz. Yoki qanday nomlashni homiyimizning o`zi hal qiladi. Balki Cepsa Bernabeu bo`lishi mumkin», – dedi Peres.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1