AsosiyJamiyat

Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish sayyor o`quv yig`inlari tashkil etildi

'Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish sayyor o`quv yig`inlari tashkil etildi'ning rasmi

Mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashda ichki ishlar organlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi samaradorlikni oshirishda xodimlarning uzluksiz ravishda kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish, bilimini yangilash va amalga oshirilayotgan turli sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va ish faoliyatiga tatbiq etish muhimdir.

Shu munosabat bilan 2019 yilning dastlabki kunlaridan boshlab IIV Malaka oshirish instituti tomonidan respublikamizning barcha mintaqalarida tuman, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari, ichki ishlar bo`limlari boshliqlari va ularning o`rinbosarlari, profilaktika inspektorlari hamda istiqbolli yosh kadrlar zahirasiga kiritilgan xodimlar uchun sayyor o`quv mashg`ulotlari o`tkazilib kelinmoqda. Shu kabi o`quv yig`in joriy yilning 8-12 aprel kunlari Toshkent shahar IIO xodimlari uchun IIVning 1-sonli Toshkent akademik liseyidagi Malaka oshirish instituti filialida tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika miqyosida tashkil etilgan mazkur o`quv yig`inlari davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda to`plangan ijobiy tajribalar, har bir mintaqaning kriminogen jihatlari o`rganilib, xodimlarning kundalik faoliyatidagi yo`l qo`yilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ayni vaqtda, Toshkent shahri respublikamizning poytaxti sifatidagi alohida ahamiyat kasb etayotganligi, har bir tuman hududining o`ziga xos jihatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi sektorlar faoliyatini tashkil etish, “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etishning muammo va istiqbollari va bu boradagi hamkorlik masalalari inobatga olinib, tinglovchilarga o`tkazilayotgan mashg`ulotlar doirasida o`z faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari hamda ayrim sohaviy xizmatlardan jalb qilingan tajribali xodimlar tomonidan zarur bilim va amaliy ko`nikmalar berilmoqda.


Shuni alohida ta`kidlash joizki, respublika miqyosida tashkil etilgan sayyor malaka oshirish o`quv yig`inlari davomida, ta`lim jarayoniga jalb etilgan xodimlar tomonidan qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ish faoliyati uchun asqotadigan foydali ma`lumotlarni olayotganliklari va kelgusida olgan bilimlarini shaxsiy tarkibga etkazib, kelgusi ish samaradorligini oshirishga oid fikr va mulohazalar bildirayotganligi juda muhimdir.

Toshkent shahrida tashkil etilgan mazkur malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari yakunida xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirilib, kelgusida bu kabi tadbirlar ichki ishlar organlari boshqa toifadagi raxbar va xodimlari bilan o`tkazilishi belgilangan.


    Boshqa yangiliklar