AsosiyJamiyat

​2019 yil 8 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida portlash sodir bo`lgani haqida IIV rasmiy axborot berdi

'​2019 yil 8 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida portlash sodir bo`lgani haqida IIV rasmiy axborot berdi'ning rasmi

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining "Xalq so`zi" nashriga bergan xabariga ko`ra, 8 aprel kuni soat 11:32da Termiz shahridagi ”Do`stlik” mahallasi Alisher Navoiy ko`chasida joylashgan 10-uyning erto`lasida, Termiz tumani “Manguzar” mahallasida yashovchi, shahardagi “Termiz Orzu-omad” xususiy korxonasi rahbari, 1983 yilda tug`ilgan Imomaliev Begzodga tegishli hojatxona qog`ozi (tualetnaya bumaga) va penoplastdan tayyorlangan tayyor xom ashyo (tyaga) hamda xaltalangan alebaster qurilish mahsuloti saqlanadigan omborxonada gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan.

Natijada erto`laga kirish joyidagi zinapoyadan, shaharning Ibn-Sino ko`chasi 118-uy 1-xonadonda yashagan, 1958 yilda tug`ilgan Abduraxmonov Raxmatulloning va ichki xonasidan Angor tumani “Gulzor” mahallasida yashagan, ushbu xususiy korxonada ishchi bo`lib ishlagan 1962 yilda tug`ilgan Inomaliev Rajablarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Voqea joyiga Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbar xodimlari chiqishib, holatni tezkor-tergov guruhi ishtirokida batafsil o`rganishmoqda, deyiladi xabarda.

IIV rasmiy saytining ruscha talqinidagi xabarda biroz boshqacharoq sabablar keltirilgan. Unda qayd etilishicha, portlash Rajab Inomalievning elektrni yoqishidan so`ng sodir bo`lgan.

Sud ekspertiza xulosalariga ko`ra, vafot etganlar 100 foiz tashqi kuyish va is gazidan o`tkir zaharlanish natijasida halok bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar