1

Messi: “Barselona”da meni Krishtianu Ronalduni “Real”da qadrlaganchalik qadrlashmaydi

Sport 20.11.2014, 18:28
Messi: “Barselona”da meni Krishtianu Ronalduni “Real”da qadrlaganchalik qadrlashmaydi

“Berselona” futbol klubi rahbariyati 2015/16 mavsum yakunlanishi bilan argentinalik Lionel Messini sotishga tayyorligini ma`lum qildi. Bu haqda Cadena Cope xabar qilmoqda.

Ular futbolchi bilan “Barselona” klubining yangi prezidenti saylangandan keyin ajrashish niyatida. Bu voqea 2016 yili sodir bo`ladi. Barseloniyaliklar Messini qaysi klub ko`proq pul taklif qilsa, o`shanga sotadi.

Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ham Messining ketishi mumkinligini aytib o`tganligi xabar qilinmoqda. Shuningdek, Messi ham jamoadagi ahvolidan norozi. Hujumchining fikriga ko`ra, “Barselona”da uni “Real”da Krishtianu Ronalduni qadrlaganchalik qadrlashmaydi.

Lionel Messi “Barselona”da 2003 yildan beri o`ynaydi. Shu vaqt ichida u 288ta o`yin o`tkazdi va 250 gol muallifiga aylandi. U klub safida olti marta Ispaniya chempioni, xuddi shuncha marta mamlakat Kubogi, olti marta Ispaniya superbogini yutib olgan. Shuningdek, uch marta Chempionlar ligasi va ikki marta UEFA superkubogi sohibi bo`lgan. O`yinchi jahonning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladigan “Oltin to`p” sohibi.

JCh-2014 kumush medali sohibi “Barselona” bilan 2019 yilgacha shartnoma muddatini uzaytirgan edi. Ushbu shartnomaga ko`ra uning bahosi 250 million evroni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1