Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 14 aprel kuni tushgan xabarga ko`ra, 2018 yil 2 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi 65 yoshli S.Z. ismli ayol Uchtepa tumanida yashovchi 60 yoshli U.B. ismli ayolga arzon narxda 3-xonali uy olib berishini va`da qilib, undan 3 600 AQSh dollarini olgan va shu kunga qadar bergan va`dasini bajarmasdan pullarni o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborgan.
Qo`rilgan choralar natijasida S.Z. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.