1

OFK rasmiy sayti Odil Ahmedov yoshiga nisbatan tajribali ekanligini qayd etdi

Sport 22.11.2014, 11:10
OFK rasmiy sayti Odil Ahmedov yoshiga nisbatan tajribali ekanligini qayd etdi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy saytida O`zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning «Krasnodar» klubi futbolchisi Odil Ahmedovga bag`ishlangan maqola chop etildi.

«Osiyo kubogi ishtirokchisi to`g`risida» rukni ostida berilgan maqolada Odil Ahmedovning 2011 yilgi Osiyo Kubogi ochilish o`yinida Qatar darvozasiga yo`llagan ajoyib goli va butun musobaqa davomidagi ishtiroki tasvirlangan.

Osiyo chempionatidagi o`yinlari bilan Ahmedov «Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Vengerning nazariga tushgani, keyin esa Maxachqal`aning «Anji» klubiga o`tib, nomdor futbolchilar bilan elkama-elka to`p surgani va 2014 yilda «Krasnodar»ga o`tgani aytilgan.

OFK vakillarining fikricha, Odil 2015 yilgi Osiyo kubogida Xitoy, KXDR va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan o`rin olgan O`zbekiston terma jamoasining eng tajribali futbolchilaridan hisoblanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1