AsosiyJamiyat

Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi

'Xorijlik vatandoshlarga viza berish va vaqtincha propiska qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

MvaFR bo`linmasi 3 ish kunida hujjatlarni tekshiradi. So`ng arizani kelishish uchun vakolatli organga yuboradi.

Hukumat qarori bilan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a`zolarini O`zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko`p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to`g`risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, vatandoshlarni O`zbekistonga taklif qilish uchun migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga, shahar bo`limlariga (MvaFR) quyidagilar taqdim etiladi:

- ariza-anketa;

- taklif qiluvchining pasporti;

- vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

- taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat;

- vatandosh O`zbekistonga oila a`zolari bilan kelmoqchi bo`lsa, ularning shaxsini va qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;

- taklif qiluvchining 3,5x4,5 ikki dona rasmi;

- davlat boji to`langanligi haqida kvitansiya (20 ming 273 so`m).

MvaFR bo`linmasi 3 ish kunida hujjatlarni tekshiradi. So`ng arizani kelishish uchun vakolatli organga yuboradi.

MvaFR vakolatli organ bilan kelishganidan va ijobiy qaror qabul qilganidan so`ng taklifnoma to`ldiriladi va taklif qiluvchiga beriladi.

Taklif qilish haqidagi hujjatlarni ko`rib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi lozim.

Taklifnoma 3 oy amal qiladi va u kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning hududiy bo`linmalariga quyidagi hujjatlar bilan beriladi:

- viza talabi;

- e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;

- vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

- kirish vizalari Toshkent xalqaro aeroportida olinishi mo`ljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari;

- davlat boji to`langanligi haqida kvitansiya (300 AQSh dollari).

Ta`kidlanishicha, hujjatlar 5 ish kunida ko`rib chiqiladi va amal qilish muddati 2 yil bo`lgan ko`p martalik “VTD” kirish vizalari beriladi.

    Boshqa yangiliklar