1

Toshkentlik «shumaxerlar» yo`lovchilarning hayotini xavf ostiga qo`ymoqda

Jamiyat 22.11.2014, 11:57
Toshkentlik «shumaxerlar» yo`lovchilarning hayotini xavf ostiga qo`ymoqda

Bugun “Obshestvenny kontrol” (“Jamoatchilik nazorati" guruhiga joylashtirilgan ma`lumotga ko`ra, Toshkentda 38-avtobus haydovchisi 57-avtobusni quvib o`tishga uringan holda avtobusni shiddat bilan haydagan, deya xabar beradi “UZ24” nashri.
Bekatlarda haydovchi tormozni keskin bosganida salondagi yo`lovchilar zo`rg`a oyoqda turardi. Bundan tashqari haydovchi oldinda ketayotgan “Lacetti” bilan to`qnashishdan zo`rg`a omon qolgan.
Bundan oldin Toshkent ko`chalaridagi avtobus “poyga”larida 19 va 115-yo`nalish avtobuslarining haydovchilari qatnashgani haqida xabar berilgandi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1