AsosiyJamiyat

Al-Jazira telekanali: “Samarqandni har safar yangidan kashf qilasiz”

'Al-Jazira telekanali: “Samarqandni har safar yangidan kashf qilasiz”'ning rasmi

2019 yilning 16 aprel kunidan boshlab, Qatar davlatining Al-Jazira telekanalida O`zbekistonning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi, tarixiy shaharlarga, qadimiy urf-odatlarga bag`ishlangan turkum ko`rsatuvlar namoyish etila boshlandi.

“Bu galgi ko`rsatuv “Ibn Battutani hayratga solgan Samarqandning tarixiy obidalari sizni olis o`tmishga sayohatga chorlaydi”, - deydi videolavha muallifi Mustafa Ozarid.
Temuriylar, xususan, Ulugbek, Bibixonim va Registon majmuasi haqida hikoya qiluvchi bu video 44 000 ga yaqin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko`rilgan va o`n mingga yaqin layk yig`gan.
Videorolikda Samarqandning 2500 yillik tarixga ega Markaziy Osiyodagi eng qadimgi shahar ekanligi va uning qadimiy va go`zal obidalari O`zbekistonning buyuk tarixidan guvohlik berishi alohida ta`kidlab o`tilgan.
Shuningdek, lavhada Shohi Zinda majmuasida payg`ambarimiz s.a.v.ning amakivachchalari Qusam ibn Abbos, uning VIII asrlarda Samarqandni fath qilish uchun kelgani va bu erda dini islomni targ`ib qilish bilan mashg`ul bo`lgani haqida ham atroflicha ma`lumotlar berilgan. Uning qabri yoniga esa keyinchalik shoh va hokim oila a`zolari ham dafn etilgan.
Bu kabi videoroliklar O`zbekistonning chet davlatlari bilan yaqin do`stona aloqalaridan dalolat bo`lib, butun dunyodan xorijiy mehmonlarni yurtimizga chorlaydi.
Muallif aytganidek, “Uzoq o`tmishga ega dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo`lgan Samarqandga har safar kelganingizda uni yangidan kashf qilasiz!”.

    Boshqa yangiliklar