1

"Real" Messiga yillik 25 million evro maosh taklif qildi

Sport 22.11.2014, 12:27
"Real" Messiga yillik 25 million evro maosh taklif qildi

"Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona" hujumchisi Lionel Messining hizmatlariga qiziqmoqda va uning uchun moliyaviy tomondan juda yaxshi taklif bildiri, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.

Manbaga ko`ra, "Qirollik klubi" argentinalik futbolchi uchun yiliga 25 million evro maosh taklif qildi. Bunda bu jiddiy mablag`ni to`lashni Adidas firmasi o`z bo`yniga olganligi aytilmoqda. Messi taklifga rad javobini bergan.

Eslatib o`tamiz, Messi so`nggi kunlarda kataloniyaliklar safini tark etishi mumkinligiga sha`ma qilib intervyu bergan edi. Bu xabar Ispaniyada shov-shuv keltiri chiqargan bo`lsa, Barselonada xavotir uyg`otgan edi. Bu orada Lionelning otasi Xorxe Messi Xosep Bartomeuni tinchlantirib, uning o`g`li "Barselona"da baxtiyor ekanligini ma`lum qilgan edi.

Manba: championat.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1