Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland tog`li joylarida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.






