AsosiyJamiyat

Yuz yoshli onaxonga tug`ilganlik guvohnomasi berildi

'Yuz yoshli onaxonga tug`ilganlik guvohnomasi berildi'ning rasmi

Samarqand viloyati Payariq tumani adliya bo`limiga tumanidagi Yo`ltepa qishlog`ida yashovchi P.Sherqulov murojaat qilib, 1919 yilda tug`ilgan onasi Xurim Umirovaning guvohnomasi yo`qligi sababli unga ushbu hujjatni rasmiylashtirib berishda yordam so`radi.

Tuman adliya bo`limi tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan ma`muriy ishlar bo`yicha Payariq tumani sudiga ariza kiritilib, sudning 2019 yil 17 apreldagi sayyor sud majlisi orqali, 1919 yilda tug`ilgan Xurim Umirovaga tug`ilganlik guohnomasi berish majburiyati tuman FHDYo bo`limiga yuklatildi. Shundan so`ng, onaxonga guvohnoma topshirildi.

    Boshqa yangiliklar