Ums.uz manzilida «Uyut Mebel Servis» mebel fabrikasi o`rniga Universal Mobile Systems (UMS) mobil aloqa operatorining logotipi paydo bo`ldi. Bu haqda «Daryo» mushtariylari elektron pochta orqali xabar berdi.
Avvalroq, Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatoti «Uyut Mebel Servis» MChJga o`zining Toshkent shahridagi bosh ofisi uchun mebel-jihozlar buyurtma bergani ma`lum qilingan edi
Bundan tashqari, O`zbekistonda yangi ochiladigan UMS aloqa operatori www.umsuz.uz va www.myums.uz domenlarini ro`yxatdan o`tkazgani, yangi operatorning saytlari aynan shu domenlarda joylashishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. www.ums.uz domeni esa band bo`lib, u «Uyut Mebel Servis» MChJga tegishli edi. UMS aloqa operatori ochilishi haqida xabarlar paydo bo`lganidan beri odamlar adashib shu saytga kira boshlagan. Natijada sayt ko`rsatkichlari deyarli to`rt marta o`sib ketgan.
Shunigdek, mebel fabrikasiga avval tegishli bo`lgan ums.uz domeni Universal Mobile Systems tasarrufiga o`tgani, biroq yangi operator bu domenga hali o`z saytini ko`chirmagani va ushbu domenda haligacha «Uyut Mebel Servis» sayti joylashgani xabar berilgan edi.
Eslatib o`tamiz, «MTS-O`zbekiston» o`rniga tashkil qilingan UMS mobil aloqa operatori o`z tijoriy faoliyatini 2014 yil 1 dekabrdan boshlashi ko`zda tutilgan.