1

Katta Langar Qur`onining faksimile nusxasi O`zbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi

Jamiyat 23.04.2019, 12:18
Katta Langar Qur`onining faksimile nusxasi O`zbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov Katta Langar Qur`onining faksimile nusxasini O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim qildi. Bu haqda O`zEOAVMA matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident tomonidan Islom dini qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarga mos ravishda milliy assosiasiya rahbari tomonidan masjid-madrasalardagi qadimiy bitiklarni tadqiq etish va xalqimizga etkazishda katta ishlar qilinganini muftiy Usmonxon Alimov alohida qayd etdi.

photo5327993573519502064.jpg

Xususan, Qur`oni karimning ushbu nusxasi juda ham tabarruk ekani, u O`zbekiston musulmonlari idorasining muzey-kutubxonasiga joylashtirilishini bildirib o`tdi.

Muftiy jumladan, qadimiy qo`lyozma asarlarini yurtimizga olib kelishda diniy idora va ulamolar hamkorlik qilishga doim tayyor ekanini ta`kidladi. Milliy assosiasiyasi rahbari ayni vaqtda xorij mamlakatlarida saqlanayotgan ulug` mutafakkirlarimiz bitgan qadimiy qo`lyozma asarlarining faksimile nusxalarini yurtimizga olib kelish sa`y-harakatlari olib borilayotganini aytdi.

photo5327993573519502066.jpg

Qadimiy Katta Langar Qur`onining mazkur faksimile nusxasi boshlangan ishlarning ilk natijasidir. Islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur`oni karimning eng qadimiy nusxalari xalqimizning bebaho merosi sifatida qadrlanadi. Hozirda ma`naviy meroslardan biri bo`lgan VIII asrga oid Katta Langar Qur`onining 13 ta sahifasi O`zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Endilikda uning yonida qolgan sahifalarning faksimile nusxasi ham o`rin oladigan bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1