1

25—27 aprel kunlari «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi o`tkaziladi

Jamiyat 23.04.2019, 12:22
25—27 aprel kunlari «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi o`tkaziladi

Toshkent shahrida joriy yil 25—27 aprel kunlari «Tashkent Law Spring» xalqaro yuridik forumi o`tkaziladi.

Xalqaro yuridik forum O`zbekiston tarixida ilk marotaba tashkil etilmoqda.

Forumda O`zbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning etakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya sohasidagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar qatnashishi kutilmoqda.

Forum qatnashchilari «Sifatli davlat boshqaruvi», «Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish», «Faol investision siyosat» yo`nalishlari bo`yicha munozara sessiyalari, davra suhbatlari, master-klass va taqdimotlarda ishtirok etishlari, xalqaro darajadagi va milliy ekspertlar leksiyalarini tinglashlari, muhokamalarda qatnashishlari mumkin bo`ladi.

Forum «Yilning eng yaxshi advokati», «Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi» va «Yilning eng yaxshi korporativ huquqshunosi» nominasiyalari bo`yicha taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1