1

Farg`onada askarlar Harbiy qasamyod qabul qildi

Jamiyat 23.04.2019, 14:22
Farg`onada askarlar Harbiy qasamyod qabul qildi

21 aprel kuni Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o`tashga kirishgan bir guruh oddiy askarlar ona Vatanga sodiq xizmat qilishga tantanali ravishda Harbiy qasamyod qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan marosimda so`zga chiqqan Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov va boshqalar milliy armiya har tomonlama bugungi talablariga mos shakllanganligi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, harbiylarning jangovar tayyorgarligi va salohiyati sarhadlar daxlsizligini ta`minlashga qodir ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.

Harbiy qasamyodga keltirilib, Vatan himoyachisi degan ulug` nomga sazovor bo`lgan aksarlar o`zlariga bildirilayotgan yuksak ishonch va e`tibordan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, Toshkent harbiy okrugi hamda Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlarda ham muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan o`g`lonlarning Harbiy qasamyod qabul qilishiga bag`ishlangan tantanali tadbir o`tkazildi.

– Akam bilan faxrlanaman, – deydi Mardona Otaniyozova. – Armiyaga tantanali kuzatuv tadbirida qatnashgan edik. Bugun esa Harbiy qasamyod qabul qilganiga guvoh bo`ldik. Dugonalarimning ko`pchiligi menga havas qilishlarini aytishgan. Akamning hech qachon oilamiz yuzini erga qaratmasligiga ishonaman!

Harbiy qasamyod qabul qilgan barcha askarlarga Prezident sovg`asi — “Temur tuzuklari” va “O`zbekiston tarixi” kitoblari topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1